6 iyun kuni Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Harbiy-dengiz flotining atom suvosti kemasidan Tinç okeanidagi xalqaro suvlarga öquv jangovar kallagiga ega ballistik raketa uçirdi. Bu haqda xabar bergan "Xinhua" davlat axborot agentligi raketa «belgilangan suvlarga» tuşganini qöşimça qildi, ammo joylaşuv haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Naşr uşbu uçirişni Xitoy yillik harbiy tayyorgarligining «muntazam rejasi» deb ta’riflagan. Şuningdek, bu uçiriş "aniq bir mamlakat yoki nişonga qaratilmagani"ni bildirdi.

Reutersʼning yozişiça, Xitoyning dengizga uzoq masofali raketalarni uçirişi kamdan-kam kuzatiladigan holat. Xitoy oxirgi marta 2024 yilda qit’alararo ballistik raketani sinovdan ötkazgandi. Bu uçiriş mamlakatning ortib borayotgan harbiy salohiyatini namoyiş etgan. Uşbu sönggi sinov ham Xitoy butun mintaqada harbiy faolligini oşirayotgan bir paytga töğri keldi.

2026-07-06 18.01.42
Foto: X/China Military Bugle

Mintaqa hukumatlari raketa uçirilişdan biroz oldin ogohlantirilgan. Şu bilan birga, mintaqaviy tanqidlarga javoban Xitoy mudofaa vazirligi rasmiysi Mao Nin uçiriş «boşidan oxirigaça xavfsiz, standartlaştirilgan va professional tarzda» amalga oşirilganini ta’kidladi.

«Umid qilamizki, tegişli davlatlar bu masalani ortiqça börttirib yubormaydilar», dedi u Pekindagi brifingda.

Xitoyning şiddat bilan kengayib borayotgan harbiy salohiyatining bunday oçiq namoyişi, AQŞning mintaqa oldidagi majburiyatlari qay darajada mustahkamligi borasidagi xavotirlar fonida, Tinç okeani atrofida qurollaniş poygasiga turtki bölişi mumkin.

Qanday raketa edi? Ekspertlar nima deydi?

Duşanba kungi bayonotida Xitoy hukumati qaysi turdagi raketani sinovdan ötkazganiga aniqlik kiritmadi.

New York Times bu borada Vermontdagi Midlberi kolleji olimi, Xitoyning yadroviy qurollarni modernizatsiya qiliş jarayonini örganuvçi Jyefri Lyuisdan