Jahon | 00:27 / 03.03.2017
8467
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: odamlarni asossiz va isbotsiz hibsga olish mumkin emas

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash ishlari agentligi raisi Qayrat Kojamjarov bilan uchrashdi.

Nazarboyev uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurash va uning tizimli oldi olinishi bo‘yicha sifatli ish olib borish kerakligiga e'tibor qaratdi. 

"Jinoiy ta'qib qonunchilik doirasida amalga oshirilishi kerak. Fuqarolarni hech qanday asossiz va isbotsiz hibsga olish mumkin emas", deb aytgan Nazarboyev. 

Uchrashuv davomida Kojamjarov Nazarboyevga agentlikning joriy faoliyati va "100 aniq qadam" millat rejasining amalga oshirilishi doirasida o‘tkazilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Nazarboyev Kojamjarovga bir qator aniq vazifalar bergan.

Mavzuga oid