19:22 / 03.03.2017
7084

Oliy liga, 1-tur. «Paxtakor» Jamshid Iskandarovning dubli evaziga o‘z uyida g‘alaba qozondi

Oliy Liganing 1-tur o‘yinlari davom etmoqda. Toshkentda «Paxtakor» va «Qizilqum» bahslashdi.

O‘yinning 7-daqiqasida mezbonlar yetakchisi Jamshid Iskandarov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bo‘lim oxirida Azamat Allaniyozov hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘limda «Paxtakor» katta ustunlikka ega bo‘lib, yana ikkita gol urdi va chempionatni g‘alaba bilan boshladi. Gol mualliflari Stanislav Andreyev va Jamshid Iskandarov.

Oliy liga, 1-tur
«Paxtakor» - «Qizilqum» 3:1 (1:1)
Gollar: Jamshid Iskandarov (7, 74), Stanislav Andreyev (55) — Azamat Allaniyozov (34)
Noaniq penalti: Jamshid Iskandarov (74, darvozabon)
«Paxtakor: Lobanov (s), Kozak, Tojiyev, Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, A.Ahmedov, Andreyev, Karimov, Iskanderov, Hakimov.
«Qizilqum»: Xonimqulov, Rustamov, Usmonov, Qambarov, Yusupov, Boydullayev (s), Yunusov, Hasanov, Gevorkyan, Allaniyozov, Shodiyev.

Top