Sport | 23:35 / 03.03.2017
20398
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Beyl o‘yin vaqtidagi tajovuzkor harakati uchun jazolandi

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi «Real» hujumchisi Garet Beylni ikki uchrashuvga chetlatishtirdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Uelslik futbolchi «Las-Palmas»ga qarshi uchrashuvda raqibini turtib yuborgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangandi. Endilikda futbolchi La-liga doirasidagi «Eybar» va «Betis»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, «Real» 700 yevro, Beylning o‘zi esa 600 yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Madridliklar rahbariyati bu qaror yuzasidan shikoyat xati tayyorlab jo‘natishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid