Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Brexit’dan keyin Yevropa Ittifoqiga 60 mlrd yevro to‘lashdan bosh tortmoqchi
Buyuk Britaniya hukumati huquqshunoslari Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgandan keyin avval tuzilgan kelishuvlarga ko‘ra ittifoqqa 60 mlrd yevro to‘lamaslik asosiga ega ekanligi haqidagi xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda Times nashri.
Huquqshunoslarning xulosasiga ko‘ra, Britaniyani bu to‘lovlarni to‘lashga majbur qila oladigan qonun yoki kelishuv mavjud emas, Bryusselda esa buning aksini talab qilishga huquqiy asoslar yo‘q. Huquqshunoslarning ma'lumotlariga ko‘ra, to‘lov agar ikki tomondan ma'qullangan tartibga solish kelishuvida ko‘zda tutilsa, to‘lov amalga oshirilishi mumkin.
"Bu haqda golf-klub qoidalaridek fikr yuriting. Klubdan ketayotganda sen a'zolik badalini to‘lashni davom ettirishga majbur emassan", deb aytdi nashr manbasi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya to‘lovlar agar mamlakatga bozorlarga imtiyozli kirish hamda adliya va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni ta'minlasa, ularning ko‘ngilli tarzda amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026