17 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi va Janubiy Amerikaning Mercosur savdo bloki uzoq yillardan beri kutilgan erkin savdo bitimini rasman imzoladi.
Paragvay poytaxti Asuncionda ötkazilgan imzolaş marosimi çorak asrdan ortiq davom etgan maşaqqatli muzokaralarga nuqta qöydi. Bitim AQŞ boj siyosati va Xitoy eksportining jadal ösişi davrida Yevropa Ittifoqi uçun katta geosiyosiy ğalaba sifatida baholanmoqda.
Mercosur tarkibiga mintaqaning ikki yirik iqtisodiyoti — Argentina va Braziliya, şuningdek, Paragvay va Urugvay kiradi. Blokning eng yangi a’zosi Boliviya hozirça bitimga kiritilmagan, biroq kelgusi yillarda qöşilişi mumkin. Venesuela esa Mercosurʼdan çetlatilgan va kelişuvda iştirok etmaydi.

Janubiy Amerikadagi çorvaçilikka tayanuvçi davlatlar va Yevropadagi sanoat doiralari qöllab-quvvatlagan uşbu bitim Argentina mol göştidan tortib Germaniya avtomobillarigaça bölgan mahsulotlarga qöyilgan bojlarning 90 foizidan ortiğini bosqiçma-bosqiç bekor qiladi. Rasmiylarga köra, natijada dunyodagi eng yirik erkin savdo hududlaridan biri yaratiladi va 700 milliondan ortiq iste’molçilar uçun narxlar arzonlaşadi.
Reutersʼning yozişiça, Yevropa Ittifoqi va Mercosur örtasidagi savdo hajmi 2024 yilda 111 mlrd yevroga yetdi. Ittifoq eksportining asosiy qismini maşinalar, kimyo mahsulotlari va transport uskunalari taşkil etadi. Mercosur eksporti esa asosan qişloq xöjaligi mahsulotlari, foydali qazilmalar, sellyuloza va qoğozdan iborat.
Bitim kuçga kirişi uçun Yevropa parlamenti roziligini olişi, şuningdek, Mercosur a’zolari — Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinişi kerak.
Fermerlar masalasidagi tortişuv va kelişmovçiliklar
Ötgan yili Mercosurʼga raislik qilgan Braziliya 2025 yil dekabr oyida imzolaş marosimini ötkazişga hozirlik körgandi. Ammo Yevropa davlatlari arzon qişloq xöjaligi mahsulotlari oqimidan çöçigan fermerlar uçun qöşimça imtiyozlar talab qilib, marosimni bekor qildi. Şu sababli Lula imzolaş marosimida qatnaşmadi — bu savdo bloklari örtasida hanuz keskinliklar mavjudligidan darak berdi.

















