Xitoy: AQSh prezidentligiga nomzodlar Xitoy haqida “eski ertaklar”ni so‘zlab berdi
Qo‘shma Shtatlarda Xitoyni unchalik yaxshi bilishmaydi, so‘nggi saylovoldi kampaniyasi paytida AQSh prezidentligiga nomzodlar esa XXR haqida “eski ertaklar”ni hikoya qilib berishdi, deya ma'lum qildi Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi rasmiy vakili Fu In shanba kungi matbuot anjumanida.
"Shaxsan men AQShdagi ko‘pchilik Xitoy haqida yaxshi bilmaydi, deb hisoblayman. AQShdagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida har bir nomzod Xitoy haqida gapirdi. Mening eshitganlarim esa – bular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan “eski ertaklar", - dedi Fu In.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda kishilar Xitoy haqida TV yoki OAVdagi maqolalar orqali juda cheklangan ma'lumotga ega, bundan tashqari, xitoyliklar tomonidn yozilgan kitob yoki maqolalarni topish juda murakkab.
Shu bilan birga, Fu In Pekin va Vashington munosabatlari 2017 yilda qanday rivojlanishi xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, Xitoy va AQSh – ikki katta mamlakat bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatini diqqatlik bilan kuzatishadi, ikki mamlakatning munosabatlari esa butun dunyoga ta'sir ko‘rsatadi. Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda AQSh o‘zining ichki va tashqi siyosatini aniqlashtirmoqda, yangi ma'muriyat yangi g‘oyalar haqida gapirmoqda.
"AQSh tomonidan o‘z siyosatini tartibga solish butun dunyoga ta'sir ko‘rsatadi, hamda bu Xitoy bilan munosabatlar uchun muhim. Umid qilamizki, bunday ta'sir ijobiy bo‘ladi", - deya ta'kidlab o‘tdi Fu In. Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda Pekin va Vashington munosabatlarida ziddiyatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, "Xitoy ularni paydo bo‘lishiga qarab hal qiladi".