Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo uchun yangi tahdid: laboratoriyalarga aylanayotgan ko‘knori dalalari
BMT qoshidagi narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita (INCB) yangi hisobotni taqdim etdi.
Hisobotda Markaziy Osiyoga tegishli bo‘lgan odatiy muammolardan tashqari, afg‘on narkosavdosi bilan bog‘liq yana bir jihat aks etgan. INCB mutaxassislari so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakat hududida metamfetaminni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bir necha laboratoriya va uskunalar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu narkotik g‘arb davlatlarida ancha ommabop bo‘lgan sintetik stimulyator bo‘lib, u geroindan farqli ravishda, ko‘knorni qayta ishlashdan tayyor bo‘lgan mahsulot emas.
Xalqaro qo‘mita tahlilchilarini Afg‘oniston hududida ishlab chiqarilayotgan narkotik moddalar “assortimenti"ning ko‘payishi jiddiy tashvishga solmoqda: avval metamfetamin u yerga faqatgina tayyor holatda kelib tushgan.
BMT hisoboti Afg‘onistonda ko‘knor maydonlari ekinlarini kimyoviy laboratoriyalarga almashtirish haqida kim va nimaga qaror qilganiga oydinlik kiritmasligi tufayli, Sputnik Tojikiston muxbiri Ruben Garsiya bu haqda ekspertlar fikrini bilishga qiziqdi.
"Ehtimol biz Afg‘onistonning turli narkotik moddalar ishlab chiqaruvchi eng yirik davlat sifatidagi maqomini mustahkamlash borasidagi harakatni ko‘rayotgandirmiz. Narkotik moddalarni iste'mol qilish – bu juda katta bozor ekani barchaga ma'lum. Hattoki Afg‘onistonning o‘zida ham 32 million aholiga million nafar giyohvand to‘g‘ri keladi", - deya ma'lum qildi siyosatshunos va mintaqa bo‘yicha mutaxassis Andrey Serenko.
Uning fikricha, metamfetaminning xalqaro qoradori fabrikasi “yuragida” tarqalishiga bir necha sabab bo‘lishi mumkin. Birinchisi – bu hududiy narkomafiyani yangi o‘tkazish bozorlarini egallashga harakati va, agarda metamfetaminning qiymati boshqa narkotiklardan baland bo‘lmasa, uni boshqa giyohvand moddalarni istovchilarga sotishdir.
Ikkinchi sabab, Yaqin Sharqdan kelgan yangi kuch. U juda tajovuzkor bo‘lib, Afg‘oniston qora bozorida o‘z tartiblarini o‘rnatishga tayyor.
"Butun mamlakat bo‘ylab IShID bo‘linmalari paydo bo‘lmoqda hamda ular toliblar bilan faol ravishda raqobatga kirishgan. O‘tgan oyda IShID rolik chiqardi hamda unda narkotik moddalar sotuvchisining qo‘li chopib tashlangani tasvirlangan, ya'ni ular xuddi avval toliblardek qoradori bilan kurashni ko‘rsatishmoqda. Biroq ularning o‘zi ham nimaning evazigadir faoliyat yurishi kerak", - deya aniqlik kiritdi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID amirlari toliblar bilan narkoyo‘laklar ustidan nazorat bo‘yicha kurashga kirishganlar. Buning ustiga odatiy giyohvand moddalarga qarama-qarshi ravishda boshqa narkotik ishlab chiqarishni boshlashlari mumkin, uni yetkazib berish yo‘li esa geroinning xorijga chiqarilishi yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. "Agarda laboratoriyalar Afg‘onistonning Xuroson hududida joylashgan bo‘lsa, bu 100 foizga IShIDga aloqador", - deya ta'kidlab o‘tdi Andrey Serenko.
G‘arbga metamfetaminning eksportiga kelsak, narkotiklar tranziti o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu Afg‘oniston-Tojikiston chegarasidan boshlanuvchi va butun Markaziy Osiyo bo‘ylab o‘tadigan yo‘nalish qismiga ham tegishli.
"Narkotik kuchli qo‘riqlanmaydigan davlat chegarasi orqali olib chiqiladigan butunboshli zanjir mavjud. Faqatgina kimyoviy vositalari o‘zgaradi – o‘tkazish texnologiyasi esa avvalgidek qolgan. Afg‘onistondagi vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lgan istalgan inson sizga yo‘nalishni uch daqiqada qog‘ozda chizib berishi mumkin", - deya ma'lum qildi afg‘on narkosavdosi masalasi bilan yaxshi tanish harbiy muxbir Aleksandr Kopisov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat metamfetamin laboratoriyalarining paydo bo‘lishi, balki narkosavdogarlar qo‘liga giyohvand moddalarni ishlab chiqarishga kerakli bo‘lgan juda katta hajmdagi kimyoviy vositalar kelib tushgani ancha qiziqdir.
"Vaziyat geroin bilan bir xilda, uni ishlab chiqarishda prekursor — uksusli kislota angidriti kerak bo‘ladi. Afg‘onistonda uni hech qachon ishlab chiqarishmagan va chiqarishmayapti, biroq chegaradan qandaydir yo‘l bilan kirib kelmoqda. Narkosavdolar hajmiga ko‘ra, bu sanoat hajmlaridir: buning uchun yoki yuk samolyoti, yoki avtomobillar kolonnasi kerak bo‘ladi", - deya ta'kidlab o‘tdi Kopisov.
Ko‘knor ekinlari yaqinida joylashgan Amerika harbiylari ham, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari ham narkotiklarni yetkazib berish kanallarini aniqlab, uni yo‘q qilishga imkonlari yo‘q ekaniga ishonish qiyin.
"Rossiya o‘z vaqtida angidritni belgilashni taklif qilgandi, bu ular kimdan qo‘lidan paydo bo‘lgani yoki geroin kimga tegishli ekanini bilishda qo‘l kelardi. Biroq hech bir mamlakat bunga rozi bo‘lmadi. Demak kimgadir bu foyda keltirmoqda. BMT hozir ham metamfetaminni ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan kimyoviy vositalar qanday paydo bo‘lishi bilan qiziqayotgani yo‘q", - deya ma'lum qildi muxbir.
Afg‘onistondan Sobiq Ittifoq qo‘shinlarining olib chiqilishi hamda Sobiq Ittifoqning o‘zi parchalanib ketganidan so‘ng ko‘knor ishlab chiqarish miqdori doimiy ravishda ortib bormoqda. BMT hisobotiga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi 26 yil davomida 96 ming tonna geroin ishlab chiqarilgan. Hozir esa Afg‘onistonga dunyoda ishlab chiqariluvchi barcha qoradorining 85 foizi to‘g‘ri keladi. Afyun ishlab chiqarishning o‘sishi Afg‘onistonda AQSh va uning ittifoqchilari kuchlarining terrorchilikka qarshi amaliyoti boshlanganidan so‘ng yanada o‘sdi.
Bunga qadar “Tolibon” nazorati ostida bo‘lgan ko‘plab dala qo‘mondonlari narkosavdodan katta pul ishlab topish imkonini qo‘lga kiritishdi. Bu Amerikaning mintaqadagi siyosatiga faol ravishda qarshilik ko‘rsatmaslik evaziga amalga oshdi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026