Sport | 19:28 / 04.03.2017
7404
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy liga. Favoritlar ishonchni oqladi

O‘zbekiston chempionatining 1-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. To‘rttala uchrashuvda ham favorit sanalgan jamoalar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Qo‘qonda mahalliy jamoa Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qilib imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Abdurahimov va Cheran tomonidan kiritilgan gollarga Akramov so‘nggi daqiqalarda bittagina gol bilan javob qaytara oldi xolos. 

«Sho‘rtan» esa o‘z uyida Farg‘onaning «Neftchi» klubini qabul qilib yarim soatdan kam bo‘lib harakat qilishiga qaramay kichik hisobda g‘alabani saqlab qoldi. «Navbahor» o‘z uyida kutilganidek «Obod»dan ustun kelgan bo‘lsa, Ivan Nagayevning yagona goli «Buxoro»ga dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.

Oliy liga, 1-tur

«Qo‘qon-1912» – «Nasaf» 1:2 (0:1)

Gollar: Akramov (90) – Abdurahimov (6), Cheran (76). 
«Qo‘qon-1912»: Abdullayev, Akramov, Kimsanov (Hasanov, 87), Hasanov, Otaqo‘ziyev (Sidorov, 64), Pardayev, Merzlyakov, Xolmurodov, Xolmuhammedov, Meleziddinov, Rustamov (Rayyevats, 52).
«Nasaf»: Quvvatov, Shorahmedov, Golban, A'zamov, G‘aniyev, Sayfiyev, Abdurahimov, Hamrobekov, Xushbakov, Erkinov (Narzullayev, 79), Cheran.
Ogohlantirishlar: Cheran (2), Xolmurodov (52), G‘aniyev (56), Akramov (56).

«Sho‘rtan» – «Neftchi» 1:0 (0:0)

Gol: Boymatov (60).
«Sho‘rtan»: Tojiboyev, Akbarov, Jiyamurodov, Vagapov, Pishchur (Nurmetov, 68), Eshmurodov, Jo‘raboyev, Boymatov, Hamroyev, Sobirxo‘jayev, Narzullayev (Xolmatov, 76).
«Neftchi»: Yusupov, Kontsevoy, Qodirov, Hakimov, Maxsitaliyev (Abdujabborov, 79), Lutsevich, Muzaffarov, Rasulov (Mamazulumov, 65), Ermatov, Pavlenko (Abdulhaqov, 56), Komarovskiy.
Ogohlantirishlar: Boymatov (35), Qodirov (90).
Chetlatish: Boymatov (60, Sho‘rtan).

«Navbahor» – «Obod» 2:1 (1:0)

Gollar: G‘ofurov (15), Komilov (49) – Hayitov (90). 
«Navbahor»: Omonov, Samatov, Komilov, Qilichev (Turg‘unboyev, 79), Jabborov, Saidov (Tolipov, 89), G‘ofurov, Aliyev, Shamsitdinov, Stanoyevich, Yovanovich.
«Obod»: Abdullayev, Xusinov, G‘ofurov, Mirahmatov, Umirov, Rixsiboyev, Hasanov, Solomin (Hayitov, 54), Ermatov, Norxonov, Qahhorov. 
Ogohlantirishlar: G‘ofurov (63), Stanoyevich (80), G‘ofurov (81).

«Buxoro» – «Olmaliq» 1:0 (1:0)

Gol: Nagayev (22).
«Buxoro»: Tursunboyev, Amonov, Pasichnik, Ne'matov, Shixov, Shog‘ulomov (Umurov, 64), Gadoyev (Hasanov, 58), Hasanov, Ismoilov, Bayenko, Nagayev (Vahobov, 86).
«Olmaliq»: To‘rayev, Jo‘rayev, O‘rinboyev, Murzoyev, Mullajonov, Inomov, Usmonov (Xojiakbarov, 30), Berdimurodov, Isayev (Klishin, 80), Yyelich, Kasminin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid