Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriya va Iroqdagi operatsiyada tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi
AQShning Yaqin Sharqdagi qo‘mondonligi (CENTCOM) Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi operatsiya o‘tkazilishida tinch aholi vakillarining halok bo‘lganini tasdiqladi.
"Qurbonlar haqidagi 9 ta hisobot ishonchlidir, qasddan berilmagan zarbalar oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan va 2 kishi yaralangan", deyilgan xabarda.
CENTCOM hammasi bo‘lib yanvarda 10 ta avvalgi va 27 ta yangi zarba haqidagi ma'lumotlarni o‘rgangan, ulardan 19 tasi oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu holatlardan 10 tasida (2 ta noyabrda, 3 ta dekabrda va 5 ta yanvarda) odamlar o‘lgani tasdiqlangan.
Avvalroq AQSh 2014 yildan beri Suriya va Iroqning bombardimon qilinishi oqibatida 119 kishi halok bo‘lgani va 37 kishi yaralanganini tan olgandi. Biroq "Xalqaro amnistiya" tashkilotining ma'lum qilishicha, Vashington boshchiligidagi koalitsiya aviazarbalari oqibatida 300 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026