UFC’da Nurmagomedov o‘rniga boshqa jangchi topishga ulgurilmasligi aytildi
Mutlaq jangchilik chempionati UFC 4 mart kuni amerikalik Toni Fergyuson bilan jang o‘tkazishi kerak bo‘lgan rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov o‘rniga boshqa jangchi topishga ulgura olmaydi. Bu haqda chempionat rahbari Dana Uayt ma'lum qildi.
Rossiyalik sportchi 3 mart kuni mashg‘ulot vaqtida jigar sohasida keskin og‘riq sezib, Las-Vegasdagi shifoxonaga yetkazilgan. Shu sababli jang bekor qilingan.
"Muammo shundaki, jangga bir kun qoldi. Jangchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak", deb aytgan Uayt.
Shu sababli, Uayt UFC rossiyalikning o‘rniga tushadigan jangchini topa olishiga shubha bildirgan.
Avvalroq Xabibning menejyeri Ali Abdul-Aziz jangning bekor qilinishidan afsus bildirgan, uning raqibi Fergyuson esa unga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.
Nurmagomedov va Fergyuson Toshkent vaqti bilan 5 mart ertalab Las-Vegasda UFC 209 musobaqasi doirasida uchrashishlari kerak edi. Ushbu jang g‘olibi yengil vazn toifasidagi chempion Konor Makgregor bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritar edi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023
UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi
21:45 / 08.04.2023