Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari assotsiatsiyasi”ning nomi o‘zgardi – yangi vazifalar belgilandi
“O‘zbekiston kiber futbol o‘yinlari assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti nomi “O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiber futbol federatsiyasi” nomiga o‘zgardi.
Yangi tashkilot joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Uning asosiy vazifasiga mamlakat hududida virtual sportni ommalashtirish, rivojlantirish, virtual sport tadbirlari va musobaqalarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, “Kiber Futbol” virtual sport turini rivojlantirish kiradi.
Ma'lumot o‘rnida: kiber futbol bo‘yicha assotsiatsiya jahonda ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilgan. Mazkur assotsiatsiya ilk bor Kibersport bo‘yicha jahon chempionati – ESWCda munosib ishtirok etgan. 2016 yilning noyabr oyida O‘zbekiston futbol federatsiyasi Assotsiatsiyaning yangi loyihasini qo‘llab-quvvatladi va jahonda ilk bor Professional kiber futbol ligasi – RCFL o‘z faoliyatini boshladi.
Mavzuga oid
18:24 / 10.08.2018
O‘zbekistonda Elektron kompyuter sporti federatsiyasi tashkil etildi
11:20 / 11.06.2017
Toshkentda FIFA 17 kiberfutboli bo‘yicha katta musobaqa tashkil etiladi
14:25 / 06.04.2017