Özbekiston virtual sport öyinlari va kiberfutbol federatsiyasi öz faoliyatini yanada professional tarzda taşkil etiş va xalqaro standartlar talabiga moslaşiş maqsadida bir qator taşkiliy özgarişlarni amalga oşirdi. Endilikda taşkilot Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi deb nomlanadi.

Federatsiya prezidenti Azizbek Pattaxovning Kun.uz`ga ma'lum qilişiça, rivojlanişning yangi bosqiçiga qadam qöyayotgan taşkilot öz ustavini qayta körib çiqib, unda belgilangan maqsad va vazifalariga özgartirişlar kiritgan hamda faoliyat kölamini yanada kengaytirgan.

6 avgust kuni yangi nom bilan Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilgan federatsiyaga Özbekistonda barça elektron öyinlar, kompyuter sporti va kiberfutbolni rivojlantiriş hamda respublika hududida turnirlarni taşkil etiş huquqi berildi. Şuningdek, taşkilot uşbu yönalişdagi murabbiy va kibersportçilarni tayyorlaş böyiça ham vakolatli muassasa sifatida belgilab qöyilgan.

Özbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi öz faoliyatida Milliy olimpiya qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining virtual sport turlariga oid qarorlari ijrosini ta'minlaşda faol iştirok etadi.

Elektron sport turlariga qiziquvçilar uçun taşkilotning rasmiy Telegram-kanali faoliyati ham yölga qöyilgan bölib, u orqali federatsiyaga a'zo böliş uçun murojaat yuboriş imkoniyati yaratilgan.

Qayd etiş örinliki, 18 avgustdan e'tiboran Indoneziyada boşlanadigan Osiyo öyinlarida elektron sport yönalişi böyiça musobaqa tajriba-sinov tariqasida ilk marta ötkazilmoqda. Unda Elektron kompyuter sporti federatsiyasi a'zosi, Toşkentning «Lokomotiv» jamoasi kiberatleti Sanjar Usmonov Özbekiston şarafini himoya qiladi.

Yaqin yillar içida sportning bu turi Olimpiada dasturidan örin olişi mumkin.