«O‘zbekiston» sport majmuasi katta boks kechasiga shay
Bugun 2017 yil 4 mart kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichida O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiya Federatsiyasining "Patriot Boxing Team" jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
“Uzbek Tigers” bokschilar klubi 2016 yilda tashkil etildi. VII faslda uning tarkibiga 30 nafar bokschi kirgani ma'lum bo‘ldi. Ular orasida 2016 yil Olimpiya o‘yinlari oltin medal sohiblari Hasanboy Do‘smatov (49 kg) va Shahobiddin Zoirov (56 kg), shuningdek, kumush medal sohiblari Bektemir Meliko‘ziyev (56 kg) va Shahrom G‘iyosov (69 kg) hamda bronza medali sohibi Murodjon Ahmadaliyevlar (69 kg) bor.
WSB AIBA Butunjahon Boks Seriyasi VII faslning uchta guruhi 12 ta jamoadan iborat. “Uzbek Tigers” «S» guruhida “China Dragons” (Xitoy), “Patriot Boxing Team” (Rossiya) hamda “Astana Arlans Kazakhstan” (Qozog‘iston) jamolari bilan bir qatorda ringga tushadilar. Bokschilarimiz shu paytga qadar “Astana Arlans” hamda “China Dragons” jamoalari bilan mehmonda janglar o‘tkazdilar.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqadilar.
Boks kechasi 4 mart 19:00da “Sport” telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Kun.uz tahririyati bokschilarimizga omad tilaydi.
Mavzuga oid
13:19 / 13.12.2020
Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasiga prezident etib saylandi
22:07 / 06.08.2019
AIBA rahbari iste'foga chiqdi – OAV
09:33 / 16.07.2019
G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatidagi vakolatlarini butunlay topshirdi
23:16 / 03.07.2019