Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘belik 34 yoshli ayol 10 farzandini qanday voyaga yetkazayotgani haqida so‘zladi
To‘rt nafar qiz va olti o‘g‘ilning onasi Aysaule Sotiboldiyeva 17 yoshida turmushga chiqqan. 34 yoshli ayol 10 farzandni qanday voyaga yetkazayotgani haqida so‘zlab berdi va yana bir bolani dunyoga keltirish niyati haqida ma'lum qildi. Bu haqida Nur.kz'da maqola taqdim etildi.

Aysaulening to‘ng‘ich o‘g‘li 16 yoshda, u 10-sinfda o‘qiydi. Alibeydan keyin Muhabbat, Saltanat, Guljanat, Azamat, Sayat, Adolat, Erdavlat, Oykarim va Saulet dunyoga kelgan.
Ko‘p bolali oila ikki xonali uyda istiqomat qiladi, bu uyni ularga bir tadbirkor sovg‘a qilgan.
"Barcha bolalar bir xonada uxlashadi. Ularga deraza tagidan boshlab eshikkacha o‘rin solamiz. Bolalardan biri biror joyga ketsa, hammamiz uni intizorlik bilan kutamiz, kelgach esa, ular bir-biriga quchoq ochib ko‘rishadi", - deydi ona.

"Ko‘pchilik mendan qanday qilib 10 bolani eplaysan deb so‘raydi", - deydi ko‘p farzandli ayol.
Bolalar juda ahil va bir-biriga g‘amxo‘rlik qiladi. Ularning otasi ertalabdan kechgacha ishda.
"Oilamizda har bir bolaning o‘z majburiyatlari bor. Biri chiqindilarni tashlaydi, boshqasi do‘konga boradi, ikki qiz navbatma-navbat uy tozalaydi, katta qizim kichiklariga qaraydi, katta o‘g‘lim esa kichik o‘g‘illarimga qaraydi.
Ko‘chaga o‘ynashga chiqqanda ham bir-birlariga qarab yurishadi. Agar kimnidir xafa qilishsa, barchasi bir bo‘lib himoya qiladi. Qo‘shnilar qanday qilib ularni shunday ahil qilib tarbiyalaysiz deb so‘rashadi", - deya bo‘lishadi Aysaule.

Qahramon ona Aysaule akalarining uyida tarbiyalangan, chunki erta yetim qolgan.
"Biz oilada yetti aka-singil bo‘lganmiz. Akalarim sog‘lig‘idagi muammolar sabab hayotdan erta ko‘z yumishgan. Onam 11 yoshligimda vafot etganlar, otam esa - 7-sinfdaligimda.
Men akalarimning uyida voyaga yetdim, 17 yoshimda turmushga chiqdim. Birinchi farzandimni 18 yoshimda dunyoga keltirganman. U paytlar biz erimning ota-onasi bilan yashardik, shu bois ko‘pincha boshqa joyga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri kelardi.

Uy sovg‘a qilishlaridan oldin biz erimning akasining kottejida yashardik. Biz u yerda mol boqardik va 8 bola bilan bir xonada yashardik. Uy o‘rtasida pech turardi, shuning uchun hatto oyoqlarimizni cho‘zib yota olmasdik", - deya davom etdi ayol.
Ikki yil avval aqto‘belik ishbilarmon ko‘p bolali oilaga ikki xonali kvartira sovg‘a qildi. Yangi oilada yana ikki farzand dunyoga kelgan.

"Bizga kvartira sovg‘a qilishlarini eshitganimda ishongim kelmadi. O‘z ko‘zimiz bilan uyni ko‘rganimizda esa, xursandchiligimizning cheki bo‘lmadi", - deydi Aysaule.
Biroq kvartira juftlikning shaxsiy mulki emas va bu narsa Aysauleda tashvish uyg‘otadi.
10 boladan 6 nafari - maktab o‘quvchilari, qolganlari kichik yoshda.

Aysaule Sotiboldiyeva salomatligini tiklab, 40 yoshgacha yana bir farzandli bo‘lish niyati borligini aytdi.
Mavzuga oid
07:40 / 27.11.2025
Qaysi shaharlarda kvartira narxi osmonda? Dunyodagi eng qimmat uy-joy xaritasi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
16:26 / 02.10.2025
Bir xonali uy-joy ijarasi eng qimmat shaharlar ma’lum qilindi
10:00 / 30.09.2025