Iqtisodiyot | 11:30 / 05.03.2017
6491
3 daqiqa o‘qiladi

Kamtargina 6,5 foiz. Xitoyda iqtisodiy o‘sish sekinlashuvi davom etadi

Xitoy Yalpi ichki mahsuloti 2017 yilda 6,5 foizga o‘sadi. Bu haqda XXR hukumatining yillik hisobotida keltirilgan.

"2017 yilda iqtisodiy o‘sish umumiy ko‘rsatkichlari 6,5 foizni tashkil qiladi", deyilgan hisobotda.

Xitoyda keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari doimiy ravishda pasayib bormoqda. 2010 yilda YaIM o‘sishi ko‘rsatkichi 10,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yilda 6,9 foiz bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, 6,5 foiz - keyingi 27 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

Xitoyda bu yilda iste'mol narxlari 3 foizga o‘sadi.

Iste'mol narxlari indeksi (CPI) 2016 yilda 2 foizni tashkil qilgandi. 2014 va 2015 yillarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 2 va 1,2 foizga teng bo‘lgandi.

Xitoy byudjyeti defitsiti 2017 yilda 2,38 trln yuan (345 mlrd dollar) bo‘lishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yildagiga taqqoslaganda 200 mlrd yuanga ko‘proqdir.

Xitoy hukumati prognoziga ko‘ra, ishsizlik darajasi 2017 yilda 4,5 foizni tashkil qiladi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 4,02 foiz bo‘lgan.

Xitoy Xalq Respublikasi xalq vakillari Umumxitoy yig‘ini mamlakatning oliy qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi. Yig‘inning 5 sessiyasi yakshanba kuni Pekinda ish boshlagan. Xitoy parlamentining qariyb 3 ming deputati ishtirok etayotgan qurultoy 15 martga qadar davom etadi.

Qurultoy oldidan xalq vakillari Umumxitoy yig‘ini rasmiy vakili Fu In Xitoy harbiy byudjyeti bu yil 7 foizga o‘sib, YaIMning 1,3 foizni tashkil qilishini bildirgandi. Unga ko‘ra, harbiy byudjyetni ko‘paytirish qaroriga boshqa davlatlar bilan qarama-qarshi turish xavfi emas, balki davlat xavfsizligini ta'minlash masalasi sabab bo‘lgan.

Xitoy harbiy byudjyeti dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. 2015 yilning sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Tszinpin 2017 yilga kelib mamlakat qurolli qo‘shinlari sonini 300 mingga qisqartirishini ma'lum qilgandi. Shunga qaramasdan Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirigi bo‘lib turibdi. Uning tarkibida 2 million askar xizmat qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid