Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnodarda moskvalik radikal muxlislar slavyan bo‘lmagan mahalliy kishilarga hujum qilishdi
Rossiya chempionati 18-turi doirasida Krasnodar shahrida bo‘lib o‘tadigan «Krasnodar» — «Spartak» uchrashuvi oldidan mehmon jamoa muxlislari tartibsizliklarni keltirib chiqarishdi.
«Tupodar» portalida yozilishicha, moskvalik muxlislar shaharda sayr qilib yurgan kishilarga hujum qilishgan. Ular slavyan bo‘lmagan kishilarni nishonga olishgan.
«Moskvalik muxlislar huquq-tartibot organlari xodimlari bilan mushtlashuvga kirishdi. Fanatlar politsiyachilarga qarshi pirotexnik vositalar qo‘llashdi. Politsiya esa ularga qarshi dubinkalar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan», deyiladi «Rossiyskiy dialog» xabarida.
Shu bilan birga «Spartak» jamoasining «Ultra Sever» fan klubi rahbari ijtimoiy tarmoqlar orqali tartibsizliklarni Krasnodar politsiyasi boshlagani haqida yozgan.
«Krasnodar» - «Spartak» uchrashuvi bugun, 5 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:30da boshlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:02 / 28.02.2026
Ukraina dronlari hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasida NQZ yonib ketdi
10:25 / 14.11.2025