Jahon | 20:32 / 06.03.2017
4816
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti ShHTning Ostonadagi sammitida ishtirok etadi

Foto:RIA

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ostonada bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar sammitlarida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.  

6 mart kuni G‘ani Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ostonadagi ShHT sammiti 8-9 iyun kunlari,  Islom hamkorlik tashkiloti sammiti esa 10-11 sentabrda o‘tkaziladi.

Afg‘oniston prezidenti bu sammitlarda ishtirok etishini tasdiqlagan.

Tomonlar muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilishgan. Yetakchilar Afg‘oniston prezidentining 2015 yil noyabrda Qozog‘istonga tashrifi natijalariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishidan qoniqish bildirishgan.

Shuningdek, ikki davlat yetakchisi Qozog‘iston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarning 25 yilligi bilan bir-birlarini tabriklashgan.  

Ayni vaqtda ShHTga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. 2016 yilda O‘zbekistonda o‘tgan sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonning kiritilishi bo‘yicha memorandum imzolangan. Afg‘oniston ayni vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid