Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, Özbekistonda Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş böyiça işlar olib borilayotgan bir paytda Qozoğistonning mazkur sohadagi tajribasini örganiş alohida ahamiyat kasb etadi.
Qayd etilişiça, «Ostona» xalqaro moliya markazi xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, xalqaro moliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantiriş va biznes uçun qulay muhit yaratiş borasida mintaqadagi muhim platformalardan biri hisoblanadi.
Şuningdek, özaro tajriba almaşiş nafaqat Özbekiston va Qozoğiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga investitsiyalar oqimini köpaytirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.




















