Jahon | 08:14 / 07.03.2017
5168
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik qora tanli vazir muhojirlarni qullarga tenglashtirdi

AQShning turar joy qurilishi va shaharsozlik vaziri Ben Karson muhojirlarni AQShga yaxshi hayot orzusida kelayotgan qullarga o‘xshatdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda

Karsonning aytishicha, 18 va 19-asrlarda AQShga zo‘ravonlik bilan yetkazilgan va sotilgan qullar ham hozirda muhojirlardek orzu-umidlarga ega bo‘lishgan.

"Mana Amerikaning mohiyati nimada. U orzular va imkoniyatlar mamlakatidir. AQShga bandi qilib olib kelingan va kamroq manfaatlar evaziga uzoqroq va g‘ayratliroq ishlagan boshqa muhojirlar ham bo‘lgan", deb aytgan Karson vazirlikdagi yig‘ilishda.

Karson bu odamlar ularning nabira-abiralari bir kun kelib "bu zaminda farovonlik va baxtga erisha olishlariga" umid qilib yashashganini aytdi. 

Karson vakili zalda bo‘lganlardan hech kim uning so‘zlarini noto‘g‘ri qabul qilmaganini aytgan. Biroq shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda Karsonning so‘zi norozilik uyg‘otgan. 

Karson yangi lavozimiga 2 mart kuni tasdiqlangan. U Donald Tramp ma'muriyatidagi birinchi afroamerikalik bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid