Jamiyat | 14:29 / 07.03.2017
14036
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalar uchun katta grant ajratdi

2017 yil 7 mart kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Yaponiyaning “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturidagi shartnomalarni imzolash marosimi o‘tkazildi. Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki ITO “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasidagi grant shartnomalarni imzoladi. 

Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari va Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari ham ishtirok etdi.

1995 yildan beri ushbu dastur doirasida O‘zbekistonda tibbiyot va ta'lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 26 044 456 AQSh dollarlik 363 loyiha amalga oshirildi.

Ushbu marosimda quyidagi muassasalarga grantlar ajratildi:

1. Toshkent viloyat o‘sma kasalliklar dispanseri jami 96 792 AQSh dollarlik “Toshkent viloyat onkologiya dispanserini tibbiyot uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
2. Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi jami 104 450 AQSh dollarlik “Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasini tibbiyot uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
3. Namangan viloyat onkologiya dispanseri jami 100 000 AQSh dollarlik “Namangan viloyat onkologiya dispanseri tibbiyot uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
4. Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi jami 34 511 AQSh dollarlik “Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabini o‘quv uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 2-sonli maktabgacha davlat ta'lim muassasasi jami 37 873 AQSh dollarlik “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 2-sonli maktabgacha davlat ta'lim muassasasini uskunalar bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi jami 49 665 AQSh dollarlik “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabini o‘quv uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
7. Jizzax shahar ko‘zi ojiz va zaif bolalar maxsus maktab internati jami 46 629 AQSh dollarlik “Jizzax shahar ko‘zi ojiz va zaif bolalar uchun maxsus maktab internatini o‘quv uskunalari bilan ta'minlash” loyihasi bo‘yicha.
8. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati jami 81 212 AQSh dollarlik
“Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani kar va zaif eshituvchi bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab internatini o‘quv uskunalari bilan ta'minlash”
loyihasi bo‘yicha.

Mazkur 8 loyiha uchun jami 551 132 AQSh dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Mavzuga oid