Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchi: Yaponiya O‘zbekistondagi ta'lim va tibbiyot sohasiga 551 ming dollar ajratmoqda
Foto: Kun.uz
2017 yilning 7 mart kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Yaponiyaning “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturidagi shartnomalarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasidagi grant shartnomalarni imzoladi.
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Nobuaki Ito Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida mazkur grantlar yuzasidan o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdi.
"O‘zbekiston yuqori sur'atda rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Biz O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi uzoq yillar davomida shakllangan do‘stona munosabatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Yaponiya tomonidan ajratilayotgan grantlar nafaqat Toshkent shahrini, balki boshqa viloyatlar, jumladan, Samarqand, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro, Namangandagi muassasalarni ham qamrab olganini alohida qayd etish lozim. O‘ylaymizki, dastur doirasida taqdim etilayotgan ijtimoiy ko‘mak imkoniyati cheklangan bolalar va bemor insonlarning hayotini yanada yaxshilash uchun yaqindan xizmat qiladi".
"Yaponiyaning “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi 20 yildan beri amalga oshirib kelinadi. Ushbu dastur dorasida ta'lim va tibbiyot muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va NNT tomonidan jami 363 loyiha amalga oshirilgan. Bu loyihalarga qariyb 27 million AQSh dollari ajratilgan. Bugun esa 551 ming dollardan ortiq miqdordagi 8 loyiha bo‘yicha shartnoma imzolandi. Biz jamoamiz bilan O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida bo‘lib, ularning shart-sharoitlarini o‘rganib chiqdik. Samarqand, Jizzax, Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo viloyatlaridagi ta'lim muassasalariga o‘zimizning grant dasturimizni ajratdik. O‘ylaymizki, mazkur grantlar umumta'lim sohasining yanada rivoj topishiga o‘z hissasini qo‘shadi", - deydi dastur koordinatori Satoru Nishizava.
Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga yangi rahbar tayinlandi
20:24 / 16.02.2026
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
12:36 / 13.02.2026