Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura tizimi joriy etiladi. Ular ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim shaklida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.
Hukumatning «Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga o‘qishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 322-son qarori 2026 yil 24 iyun kuni qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan hamda xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaning masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladigan maqsadli dasturiga qabul qilinadi.
Maqsadli magistraturaga qabul amaldagi magistraturaga qabul qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, ushbu dasturga qabul qilingan o‘qituvchilar:
-
ishdan ajralmagan holda masofaviy shaklda tahsil oladi;
-
magistraturani tamomlaganidan so‘ng kamida 3 yil umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mehnat faoliyatini davom ettirish majburiyatini oladi.
Qarorda yana bir muhim jihat belgilangan. Maqsadli magistraturaga qabul qilingan oliy toifali o‘qituvchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 447-son qarori bilan nazarda tutilgan to‘lov-kontrakt mablag‘ini davlat budjeti hisobidan qoplash tartibi tatbiq etilmaydi.
Mazkur tizim 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yo‘lga qo‘yiladi.
Hukumat qarori oliy toifali o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yuksaltirish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026