Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Venger futbolchilarga klubni tark etishini aytdi
«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa futbolchilariga mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etishini aytgan. Bu haqida SNAI Sportnews xabar bermoqda.
Italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri ma'lumotiga ko‘ra, u bugungi mashg‘ulotlar oldidan futbolchilarni shu haqida ogohlantirgan.
Londonliklar jamoasi rahbariyati u bilan 2 yillik yangi shartnoma tuzishni istayotganiga qaramasdan, u klubni tark etishga qaror qilgani aytilgan.
Bundan avvalgi xabarda fransiyalik mutaxassisning Xitoydan tushgan qulay taklifga rad javobini bergani aytilgandi.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda «Arsenal» APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda ketmoqda. Shuningdek, jamoa YeChLni deyarli tark etgan.
Ma'lumot uchun, Arsen Venger «kanonirlar» boshqaruvida 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa 3 marta Angliya chempioni, 6 marta Angliya Kubogi va 6 marta Angliya Superkubogi g‘olibi bo‘lgan. Venger 3 marta mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
20:39 / 20.05.2026
Katta bo‘lgan «Arsenal». Jamoani chempion qilgan 4 omil
02:16 / 20.05.2026
Rasman: «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi
11:01 / 19.05.2026