Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nihol ekkan xiyobonga ko‘chat o‘tqazdi va Saparmurat Niyozov maqbarasini ziyorat qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan, 6-7 mart kunlarida qo‘shni davlatda tashrifini amalga oshirmoqda.
6 mart kunining birinchi yarmidagi rasmiy marosim va muzokaralardan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.
Qayd etish kerakki, ushbu xiyobonga O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2007 yilda ko‘chat o‘tqazgan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat rahbari Turkmaniston birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasiga gul qo‘ygan.
«O‘tganlarning ruhi poklariga Qur'on tilovat qilindi», — deyiladi O‘zA xabarida.
Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi davom etmoqda. 7 mart kuni prezidentlar Lebap viloyatidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024