Jamiyat | 15:00 / 07.03.2017
6775
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Yusupovga atalgan roman bosmaga tayyor

87 yoshli yozuvchi G.Esemuratova O‘zbekiston qahramoni, shoir Ibrohim Yusupovga atab yozgan romanining 1-bo‘limini tugatib, bosmaga bermoqchi. Bu haqda jurnalist Aruxan Turekeyeva "Facebook"dagi sahifasi orqali ma'lum qildi, deb yozadi Kruz.uz nashri.

Mazkur roman qachon bosmadan chiqishi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi ijodkorlar bog‘ida, temir yo‘l vokzali qoshidagi xiyobonda O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Yusupov byusti o‘rnatilishi rejalashtirilgan.