Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqalari uchun yangi davlat dasturi qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, mavjud ijtimoiy iqtisodiy vaziyat bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston respublikasiga tashrif buyurgani haqida avval xabar qilingan edi. Kun.Uz muxbirining Nukusdan xabar qilishicha, O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqalarini 2017-2021 yillarda rivojlantirishga doir yangi davlat dasturi qabul qilinadi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston ma'muriy markazi Nukus shahrida obodonlashtirish ishlari jadallashtiriladi. Xususan, jahon andozalari asosida zamonaviy tibbiyot markazi tashkil qilinadi. Uni Mustaqillik bayramiga foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Nukusning yirik ko‘chalaridan biri Yernazar Olako‘z ko‘chasida to‘liq bunyodkorlik va qayta qurilish ishlari o‘tkaziladi. Ijodkorlar bog‘ida, temir yo‘l vokzali koshidagi xiyobonda O‘zbekiston qahramoni Ibrohim Yusupov byusti o‘rnatiladi
Qoraqalpog‘istonning shimoliy va chekka hududlaridagi maktablarni isitish tizimini yaxshilash, yo‘llarni ta'mirlash, suv bilan ta'minlash vazifalari mukammal ado etish vazifasi shaxsan Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov zimmasiga yuklandi.