Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:33 / 08.03.2017
4754
1 daqiqa o‘qiladi
Kobuldagi terakt jabrlanuvchilari soni 50 nafardan oshdi, «Tolibon» bu ishga aloqador emas
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi harbiy gospitalga amalga oshirilgan hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 54 kishi jarohatlangan.
Bundan oldingi xabarlarda, jangarilar tibbiyot muassasasiga bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutgani va garovga olgani aytilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, gospital hududida 2 nafar jangari yo‘q qilingan.
Xabarlarda hujum qiluvchilar oq xalatda bo‘lgani aytilgan.
«Tolibon» ushbu hujumga aloqador emasligini ma'lum qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish