Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyuezer Makgregor bilan jangga shartnomani imzolab, uni raqibiga faks orqali jo‘natishini aytdi
Foto: EPA
AQShlik bokschi Floyd Meyuezer yaqin orada irlandiyalik aralash kurash jangchisi, Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) chempioni Konor Makgregor bilan jangga shartnomani imzolab, uni Konorga faks orqali jo‘natmoqchiligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Makgregor jang qilishni istamayapti. Agar u haqiqatda buni istasa, unda shartnomani imzolasin. Shaxsan men jang qilmoqchiman va shartnomani bugun kechki payt imzolab, uni faks orqali Konor Makgregorga jo‘nataman. Ko‘ramiz u shartnomani imzolarmikin?", deb aytgan 39 yoshli bokschi.
"Hozir esa u faqat akillashdan boshqasiga o‘tmayapti. Hujjatlarni olib, shartnomani imzolaganingdan keyin tishlashga imkoniyating bo‘ladi. U mening nomim orqasidan mashhurlikka erishmoqda va qolgan jangchilar ham shunday qilishmoqda. Buni o‘z vaqtida Pakyao ham qilgandi. Balki bunday qilishni bas qilishar", deb qo‘shimcha qildi Floyd.
Bundan tashqari, amerikalik Angliyada avtomobilining yoqib yuborilgani haqidagi gaplarga ham izoh berib o‘tdi. "Mening barcha avtomobillarim AQShda, biroq menga bu hikoya yoqdi, chunki uni butun dunyoda eshitishdi. Yaxshigina reklama bo‘ldi, rahmat", deb aytgan bokschi.
Mavzuga oid
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
10:06 / 19.07.2025