UzAuto Motors joriy yilning 3 noyabr kuni 100 ming dona Cobalt’ni sotuvga çiqargandi. Şartnoma şartlariga muvofiq, 7 kun içida tölov amalga oşirilmagan şartnomalar bekor qilindi. Kompaniyaning ma’lum qilişiça, belgilangan muddatda 20 ming 833 dona avtomobil uçun tölov qilingan.

«Onlayn-kontraktatsiya yakunlangandan söng, kompaniyaga köplab mijozlardan şartnoma tuziş böyiça murojaatlar kelib tuşayotgani, şuningdek, 3 noyabr kuni tuzilgan köplab şartnomalarning aslida avtomobilga bölgan haqiqiy ehtiyojsiz rasmiylaştirilgani inobatga olinib, UzAuto Motors AJ tölov muddati tugagaç Cobalt avtomobillarini rasmiy dilerlar salonlarida sotişni boşlaşga qaror qildi. Endi turli sabablarga köra onlayn tizim orqali avtomobil xarid qila olmagan mijozlar istalgan Chevrolet rasmiy dileridan Cobalt avtomobilini sotib olişlari mumkin», deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Mijoz özi uçun qulay dilerlik markaziga borişi, mavjud avtomobillardan tanlab olişi, qöşimça jihozlarni kafolat şartlariga ziyon yetkazmagan holda bevosita dilerlik markazida örnatiş imkoniyatiga ega böladi. Dilerlik markazlarida sotilayotgan barça avtomobillar UzAuto Motors AJning yagona tizimi orqali rasmiylaştiriladi. Har bir şartnomada uning haqiqiyligini tasdiqlovçi QR-kod mavjud böladi.

«2025 yil 20 noyabr holatiga köra, dilerlik tarmoğiga 2624 dona Cobalt avtomobili yetkazilgan bölib, ularning 1969 tasi sotilib, xaridorlarga topşirilgan. Bu körsatkiç har kuni oşib bormoqda. Hozirda yana qariyb 6000 dona avtomobil dilerlik markazlariga yetkazilmoqda. Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, dilerlik markazlaridagi sotuvlar onlayn platforma orqali xarid qilingan avtomobillarni mijozlarga öz vaqtida yetkazib beriş jarayoniga heç qanday ta’sir körsatmaydi», deyiladi rasmiy xabarda.