2026 yil 18 maydagi hukumat qarori bilan Özbekistonda yer uçastkasining ijara şartnomasini yangi muddatga uzaytiriş böyiça davlat xizmatini körsatiş reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga köra, fuqarolar va tadbirkorlar yer ijara muddatini uzaytiriş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat qilişi mumkin böladi.

Arizaga avval rasmiylaştirilgan yer uçastkasining ijara şartnomasi ilova qilinadi. Agar murojaat ijaraçining örniga boşqa şaxs tomonidan berilsa, tegişli işonçnoma ham taqdim etilişi kerak.

Reglamentga köra, ijaraga beruvçi tegişli vakolatli organlardan ma’lumotlarni olgaç, 10 iş kuni içida yer uçastkasidan muntazam foydalanilayotgani yoki foydalanilmayotganini tekşiradi. Keyin ariza ma’qullangani yoki rad etilgani haqida xabarnoma şakllantirilib, murojaatçiga yuboriladi.

Davlat xizmatini körsatiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 1 foizi miqdorida yiğim undiriladi. Şuningdek, yer uçastkasining ijara şartnomasi tuman yoki şahar hokimligi tomonidan imzolangaç, hujjat avtomatik tarzda ariza beruvçiga yuboriladi.