Sport | 22:12 / 08.03.2017
52341
2 daqiqa o‘qiladi

«Meni kechirasizlaru, ammo Messi g‘irt ahmoq ekan». Kunning eng kutilmagan gapi

Misrlik taniqli arxeolog Zahiy Havass Messi bilan Qohiradagi xayriya tadbiri doirasida uchrashgani haqida gapirib berdi.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘tgan oy oxirida Misrga tashrif buyurib, S gepatiti bilan kurashish bo‘yicha fond tashkillashtirgan xayriya tadbirida ishtirok etib ketgandi.

«Kechirasizlaru, Messi ahmoq ekan. Men u bilan gaplashganimda yuzida hech qanday hissiyotni ko‘rmadim. U men gapirgan narsalarga umuman qiziqish bildirmadi.

Bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Men unga piramidalar ichidagi maxfiy joylar, o‘tmish qirollari, Tutanxamon sulolasi haqida gapirdim. Undan sado chiqmadi. Bu gaplar unda hech qanday qiziqish uyg‘otmadi. Messi o‘zini yaxshi tutdi, ammo u faqat futbol bilan qiziqarkan», deya Havassning so‘zlarini keltirgan As nashri.

Zahiy Havass Misr qadimiyati bo‘yicha oliy kengash bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan. U Qadimgi Misrning tarixi va madaniyatini ommalashtirish bilan faol ravishda shug‘ullanadi. 2006 yili Time jurnali uni dunyoning eng nufuzli 100 nafar olimi safiga kiritgan.

Mavzuga oid