Sport | 20:17 / 08.03.2017
13767
4 daqiqa o‘qiladi

Oliy Liga. «Lokomotiv»da ketma-ket g‘alaba, ammo turnir jadvalida boshqa jamoa peshqadam

Bugun, 8 mart kuni Oliy Liganing 2-turi doirasida 3ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab «Neftchi» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob ochilmasdan qoldi. Ushbu durangdan keyin «Paxtakor» o‘z ochkolari sonini 4taga yetkazib olgan, «Neftchi» uchun esa bu durang mavsumdagi ilk ochkoni olib keldi. 

«Lokomotiv» - «So‘g‘diyona» uchrashuvi esa mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 70-daqiqaga kelib, mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi - Marat Bikmayev penaltini aniq bajardi. Uchrashuv yakuniga 7 daqiqa qolganida Temur Kopadze hisobdagi ustunlikni ta'minladi, 1 daqiqa o‘tib esa Jaloliddin Masharipov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi - 3:0. Bu «Paxtakor» tarbiyalanuvchisining yangi jamoasidagi birinchi goli bo‘ldi.

«Lokomotiv» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 6taga yetkazdi, lekin jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinda emas. Birinchi turda mamlakatning amaldagi chempioni «Sho‘rtan» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongandi. Qashqadaryoliklar bu turni Samarqandda «Dinamo»ga qarshi o‘tkazdi va 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Aynan «Dinamo» endilikda turnir jadvalida karvonboshilikni qo‘liga olgan.

Samarqandliklar jamoasi birinchi turda Bekobodga safar qilib, mahalliy «Metallurg» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib qaytgandi.

Oliy liga, 2-tur

«Neftchi» - «Paxtakor» - 0:0
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Sergey Kontsevoy, Hamza Karimov, Umidjon Qodirov, Sherzod Hakimov, Terentiy Lutsevich, Husniddin G‘ofurov (Javohirbek Rasulov, 78), Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov (Furqatjon Hasanboyev, 87), Nikita Pavlenko (Mo‘ydin Mamazulumov, 75), Dmitriy Komarovskiy.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov (s), Vladimir Kozak (Yuritsa Bulyat, 68), Adnan Oraxovats, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Azimjon Ahmedov, Akbar Ismatullayev, Stanislav Andreyev, Sherzod Karimov (Suhrob Nurullayev, 79), Jamshid Iskanderov, Jasur Hakimov (Igor Sergeyev, 54)
Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 48.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) 3:0

Gollar: Marat Bikmayev 70 penalti, - 1:0. Timur Kapadze 82, - 2:0. Jaloliddin Masharipov 84, - 3:0.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo‘ldoshev, Kaxi Maxaradze, Shuhrat Muhammadiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev (Oleg Zoteyev, 62), Timur Kapadze, Sadriddin Abdullayev, Jaloliddin Masharipov (Murodbek Bobojonov, 86), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev.
«So‘g‘diyona»: Sarvar Karimov, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sunnatilla Mamadaliyev, Sanjar Rashidov, Alisher Mahmulov (Shohrux Dostonov, 73), Rustam A'zamov (Qahramon Bahodirov, 76), Izzatilla Abdullayev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardorbek Eminov (G‘ulom O‘runov, 86).

«Dinamo» (Samarqand) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) 3:0

Gollar: Sardor Sulaymonov 14, - 1:0. Akmal Bozorov 48, - 2:0. Abdumalik Abdullayev 68, - 3:0. 
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Javohir Qahramonov, Shohrux Xolmatov, Damir Nizanov, Orifjon Mamajonov, Abdujamol Isroilov.
«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboyev, Saidkomil Akbarov, Jahongir Jiyamurodov, Ruslan Vagapov, Igor Taran, Oleksandr Pishur, Umarbek Eshmurodov, Obid Jo‘raboyev, Siroj Hamroyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Akmal Xolmatov.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid