27 martdan 29 martgacha futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. 

«Navbahor» – «Andijon» 2:2
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 2, Abbos G‘ulomov 51 – Gilerme Gedesh avtogol 6, Benjamin Teydi 90+7.
«Navbahor» – Umidjon Ergashev, Azimjon Ahmedov (Javohir Abdujabborov, 62), Shohmalik Komilov (Shahzod Toirov, 75), Zabihillo O‘rinboyev (Pedro Augusto, 75), Shahzodbek Ubaydullayev (Alisher Odilov, 62), Saidazamat Mirsaidov, Benjamin Teydi, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Abbos G‘ulomov (Ruslan Jiyanov, 80), Igor Gabriel.
«Andijon» – Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Iskandar Shoyqulov (Altin Kreziu, 68), Mirzad Mehanovich, Islam Mashukov, Abdurahmon Komilov (Doniyor Abdumannopov, 68), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Luka Uskokovich, Bektemir Abdumannonov.
Chetlatish: Saidazamat Mirsaidov (90+6) – Mirzad Mehanovich (72).

Turning markaziy uchrashuvi 28 mart kuni «Navbahor» va «Andijon» klublari o‘rtasidagi vodiy derbisi bo‘ldi.  Namangandagi bahsda Sergey Lushan shogirdlari 2-daqiqadayoq hisobni ochgandi, ko‘p o‘tmay Gilerme Gedeshning avtogoli sabab hisob tenglashdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda G‘ulomov 51-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, keyinroq Mehanovich qizil kartochka olib, mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Shunga qaramay, andijonliklar Teydining 90+7-daqiqadagi avtogoli evaziga safardan ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi – 2:2.

«Navbahor» yangi mavsumni «Dinamo» bilan durangdan boshlagan (0:0), keyin esa safarda «So‘g‘diyona»dan ustun kelgandi (3:2). Endilikda namanganliklar 5 ochko bilan turnir jadvalining 6-o‘rnida joylashgan. «Andijon» uchun esa taqvim murakkabroq edi, O‘zbekiston kubogining amaldagi sohiblari avvaliga vodiy derbisida debyutant qo‘qonliklar bilan durang o‘ynagan (1:1), keyin amaldagi chempion «Nasaf» bilan ham shunday durang hisob qayd etilgandi (1:1), Namanganda qatorasiga uchinchi durangini qayd etgan jamoa turnir jadvalida hozircha 9-o‘rinda.

«Qizilqum» – OKMK 1:3
Gollar: Elguja Lobjanidze 39 – Islom To‘xtaxo‘jayev 12, Giorgi Papava 51, Nodirbek Abdurazzoqov 75.
Aniq ijro etilmagan penalti: Xurshid G‘iyosov (OKMK, darvozabon) 30.