Fan-texnika | 14:57 / 08.03.2017
13830
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva avtoshousi: Toyota barchani lol qoldirmoqda

Avtoshouda Toyota shahar ohangiga mostlashtirilgan avtomobillar ishlab chiqarish tamoyilini davom ettirgan holda ishqibozlari e'tiboriga butunlay yangicha ko‘rinish kasb etgan i-TRIL modeli va Yaris turkum brendi oilasiga mansub yangi xetchbekni taqdim etdi.

Toyota i-TRIL Fransiyaning Nitstsa shahridagi ED² dizayn studiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Model ixtirochilari ushbu o‘ziga xos uslubda yaratilgan harakat vositasini har qanday shahar sharoitida xizmat qilishini ta'kidlab, undan ishonch bilan boshqa toifadagi elektr avtomobillari, jamoat transportlari hamda mototsikllar o‘rniga foydalanish mumkinligini e'tirof etishmoqda.

i-TRIL asosan yangi turdagi iste'molchi uchun, ya'ni band va yolg‘iz yoki faol hayot tarzini kechirib, yoshi 30dan 50 yoshgacha bo‘lgan ikkitagacha farzandi bor hamda kichik va o‘rtacha kattalikdagi shaharda istiqomat qiladigan insonlar uchun mostlashtirilgan.

Og‘irligi 600 kg.ga teng i-TRIL ning uzunligi 2 830 mm va bo‘yi 1 460 mm bo‘lib, elektr dvigateli bilan harakatlanadi. Uning kabinasi va ort qismi o‘rtasiga sharnir mexanizmi o‘rnatilgan. Buning yordamida avtomobil kuzovi va old g‘ildiraklari egilish imkoniga ega bo‘lsada, uning orqa g‘ildiraklari hech qachon yo‘lga nisbatan perpendikulyar joylashishini yo‘qotmaydi.

Toyota i-TRIL elektr dvigateli bir martalik quvvatlanish bilan 200 kilometrgacha harakatlana oladi. Model, muqobil imkoniyatlar va avtomobil haydashdan huzurlanish nuqtai nazari e'tiborga olingan holda shunday yasalganki, uning pedali yo‘qligi bois istalgan oyok kiyimingizdan foydalanishingiz mumkin.Chunki boshqaruv kompyuter sichqonchasiga o‘xshash joystik orqali amalga oshiriladi. Mashina, hatto, avtonom rejimda nurli signal orqali kabinaning bukilgani hamda audio va yangiliklar tizimidan foydalanish uchun ovoz tanish qobilayatiga ega.

i-TRIL saloni kabinaning bukilishi evaziga uning ichidagi yo‘lovchilar oldi tarafda faqat bitta haydovchining o‘rindig‘i bo‘lgani bois, oyoqlarini bemalol uzatib o‘tirish va avtomobilning teknik imkoniyatlaridan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Toyota’ning yana bir yangiligi xot-xetch Yaris GRMN bo‘ldi. Uning dvigateli oltita tezlikli mexanik qutiga ulangan, tortish kuchi old g‘ildiraklarga biriktirilgan va tormoz tizimi kuchaytirilgan.

Xetchbek uch eshikli ko‘rinishda taqdim etilmoqda. Uning old bamperi anchagina o‘zgacha ko‘rinish olgan, orqa spoyleri ham o‘zgartirilgan hamda 17 dyuymli BBS g‘ildiraklar bilan jihozlangan

Yaris GRMN ichida sport avtomobillariga xos o‘rindiqlar, toza charm bilan qoplangan rul va alyumin pedallar o‘rnatilgan.

Mavzuga oid