12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan “Bolalar mehnatiga qizil kartoçka: Marokaşdan amaliy harakatlargaça” mavzusida xalqaro tadbir bölib ötdi. Unda Özbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida iştirok etdi.

Tadbirda bolalar mehnatiga barham beriş böyiça xalqaro sa’y-harakatlarni kuçaytiriş, ta’lim va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantiriş hamda davlatlar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva Özbekistonda mehnat, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalari haqida taqdimot qildi. U öz nutqida mamlakatda bolalar mehnatini deyarli töliq bartaraf etişga erişilganini ta’kidlab, bu natija qat’iy siyosiy iroda, samarali ijtimoiy himoya mexanizmlari va xalqaro hamkorlik samarasi ekanini qayd etdi.

Xalqaro mehnat konferensiyasida iştirok etgan 187 davlat vakillari e’tiboriga Özbekistonda mehnat, ijtimoiy himoya va ta’lim sohalarida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar natijalari havola etildi. Mamlakatimizda bolalar mehnatining deyarli töliq bartaraf etilgani xalqaro hamjamiyat tomonidan alohida e’tirof etildi.
Konferensiya doirasida Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat taşkiloti, Xalqaro kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi, Xalqaro iş beruvçilar taşkiloti hamda boşqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. Muloqotlarda mehnat munosabatlarini takomillaştiriş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunçilikka joriy etiş va hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Xalqaro mehnat taşkiloti Boş direktori Jilber Ungbo bilan uçraşuvda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari körib çiqildi. XMT rahbari Özbekistonning konferensiyadagi faol iştirokini yuqori baholab, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalarini e’tirof etdi.
Jyenevada bölib ötgan uçraşuvlar Özbekistonning mehnat va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlari xalqaro taşkilotlar tomonidan keng qöllab-quvvatlanayotganini yana bir bor tasdiqladi.


















