Jahon | 07:55 / 09.03.2017
10791
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqdagi to‘yda sodir etilgan hujum 30 kishining umriga zomin bo‘ldi

Iroqda to‘yning nishonlanishi vaqtida sodir etilgan ikkita portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda dpa axborot agentligi. 

Portlash Tikrit shahridan shimolga tomon 20 km uzoqlikda joylashgan Hajjaj qishlog‘ida 8 mart kuni yuz bergan. Iroq xavfsizlik kuchlari voqea joyini o‘rab olishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi moddalar ikki xudkush tomonidan harakatga keltirilgan. Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, hujumda 4 xudkush ishtirok etgan.   

Hozircha hech qaysi bir guruh bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. 

Iroqda IShID terrorchilik guruhi faoliyati sababli tarang vaziyat saqlanib qolmoqda. Jangarilar hujumlar va teraktlar sodir etmoqdalar. Bu qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida borgan sari tinch aholi ko‘proq jabr ko‘rmoqda.

Mavzuga oid