Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tadbirkor Telman Ismailov bankrot deb e'lon qilindi
Moskva viloyati hakamlik sudi Cherkizov bozorining sobiq egasi, AST guruhi asoschisi Telman Ismailovni bankrot deb tan oldi va unga nisbatan mol-mulkini sotish jarayoni kiritildi. Bu haqda Rambler News Service axborot agentligi xabar bergan.
"Ismailovga nisbatan mol-mulkini 2017 yil 9 sentabrgacha sotish jarayoni kiritildi", deb ma'lum qilgan kreditorlardan biri.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kasodga uchragan tadbirkor Moskva viloyatida 500 mln rubllik ikkita yer maydoniga, Moskva viloyatining Odintsovo tumanida 349 kvadrat metrlik kvartiraga va Fransiyada 25 mln yevrolik villaga ega.
Kreditorlar Ismailovga 157 mlrd rubllik e'tirozlar bildirishgan.
2015 yil dekabrda sud Ismailovni uning biznes-hamkori da'vo arizasi bo‘yicha bankrot deb tan olgandi.
Ismailovning kompaniyasida unga tegishli Cherkizov bozori 2009 yil aprelda yopilgandan keyin kreditorlar bilan muammolar yuzaga kelgandi.
Mavzuga oid
18:48 / 03.06.2026
Hashamatdan sud zaliga: sakkiz yil dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatini boshqargan yapon nega bankrot bo‘lgandi?
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
15:40 / 05.12.2022
Rossiyada bankrotlik to‘g‘risida arizalar berish soni keskin oshdi
14:55 / 03.11.2021