2005 yil kuzda Tokio okrug sudi Yaponiya fuqarosi bölgan şaxsga 4 yil şartli qamoq jazosi beradi. Bu şaxsning ism-şarifi Yosiaki Tsutsumi bölib, u 1980-yillar ikkinçi yarmidan boşlab 1990-yillar örtalarigaça nafaqat Yaponiyaning, hatto dunyoning eng boy odami bölgan. Xöş, yaponiyalik milliarder nega şartli qamoq jazosi olgandi?
Dunyodagi dollarda birinçi milliarder bölgan şaxs amerikalik neft magnati Jon Rokfeller hisoblanadi. U 1916 yilda milliarderga aylanadi.
Keyinçalik puli milliard dollardan oşganlar soni köpayib boradi. 1987 yildan boşlab AQŞda çop etiladigan “Forbs” jurnali dunyo milliarderlari röyxatini e’lon qilişni boşlaydi.
Öşa paytda dunyo boylari röyxatini 20 mlrd dollar mablağga ega bölgan yaponiyalik Yosiaki Tsutsumi boşqarib turardi. Biroq keyinçalik bu odamning işlari çappasiga ketadi.
Pullarini yöqotadi, özi mahkamaga tortilib, qamaladi. Xöş, yapon milliarderi nega bankrot bölgandi?
Tadbirkorning öğli
Yosiaki Tsutsumi 1934 yilda yaponiyalik taniqli tadbirkor Yasudziro Tsutsumi oilasida tuğiladi. Uning bolalik yillari Ikkinçi jahon uruşi davriga töğri keladi.
Uruşdan söng Yosiaki Tokiodagi nufuzli universitetda tahsil oladi. U tadbirkorlikni talabalik davrida boşlaydi va Nagano şahrida skeyt-markazi oçadi.
Yosiaki universitetni bitirgaç otasining yoniga qaytadi va u egalik qiladigan “Kokudo Korporatsiya” kompaniyasiga işga kiradi.
1964 yilda Yosiakining otasi Yasudziro Tsutsumi vafot etadi. Öşangaça bir neça yil avval Yasudziro siyosiy qaraşlari farq qilgani uçun Yosiakini merosxörlar röyxatidan öçirgandi.
Yasudzironing ölimidan söng tönğiç öğil Seydzi Tsutsumi, ögay ona va Yosiaki örtasida meros talaşiş boşlanadi. Şunda Seydzi yon beradi va Yosiaki otasining asosiy kompaniyasi – Seibu korporatsiyasi egaligini oladi.

Seydzi esa korporatsiyaning bir bölimiga egalik qila boşlaydi va köp ötmay Credit Saison kompaniyasini taşkil etadi. Yosiaki akasi bilan raqobatga kirişadi va keyinçalik Seydziga tegişli kompaniyaning ham asosiy hissadoriga aylanadi.
Yosiaki Yaponiyadagi ayrim sport turlari uçun pul sarflay boşlaydi. Bir neçta sport arenalari quradi. Xokkey jamoalarining biriga egalik qiladi. Yaponiya xokkey federatsiyasi prezidentiga aylanadi.
Şuningdek, 1979 yilda Yosiaki beysbol jamoasini ham sotib oladi. Köp ötmay u Yaponiya olimpiya qömitasi raisi böladi. Qisqasi, Yosiaki Yaponiya sporti uçun muhim şaxsga aylanadi.
Dunyoning eng boy odami
Yosiaki Tsutsumi otasidan qolgan korporatsiyani yaxşi boşqaradi va uning pullari muttasil köpayib boradi. 1980-yillarda Yosiakining pullari milliard dollardan oşgandi. Biroq uning hisobi haqida aniq ma’lumotlar yöq edi.
1987 yilda AQŞda çop etiladigan Forbs jurnali ilk bor dunyoning eng boy odamlari röyxatini e’lon qiladi va Yosiakini birinçi öringa qöyadi. Naşr öşa paytda uning pullarini 20 mlrd dollarga teng deb hisoblagandi.
1990-yillarda hali internet olami va uyali aloqa tarmoqlari rivojlanmagan, amerikalik milliarderlar hali katta sahnaga çiqmagandi. Şu sababli köp tarmoqli tadbirkorlik bilan şuğullanib kelgan Yosiaki bir neça yil davomida dunyoning eng boy odami maqomida qoladi.

Jumladan, Forbs naşri uni 1987 yildan boşlab 1994 yilgaça sakkiz yil davomida dunyoning eng boy odamlari röyxatida birinçi öringa qöyadi.
Öşa paytlarda Yosiakining kompaniyalari asosan köçmas mulk va yer savdosi bilan şuğullangan, bozorning asosiy qismiga va Yaponiya hududining 16 foiziga egalik qilgan.
1980-yillarda Yaponiya keskin rivojlaniş bosqiçida edi va öşa davrlarda kunçiqar yurtda köçmas mulk va yer narxi muttasil oşib borardi. Bu jarayon Yosiakining mablağiga mablağ qöşar va uning pullari tobora köpayib borardi.
Sud va şartli qamoq jazosi
1990-yillar örtalariga kelib vaziyat özgara boşlaydi. Yaponiya iqtisodiyoti ösişdan töxtaydi va bu eng avval köçmas mulk bozoriga ta’sir qiladi.
Narxlar keskin pasayadi va Yosiaki egalik qilayotgan kompaniyalarning aksiyalari ham arzonlab ketadi. Oqibatda milliarder öz pullarini yöqota boşlaydi va 1995 yilda dunyoning eng boy odami degan maqomni boy beradi.
1990-yillarning ikkinçi yarmida Yaponiyaning Nagano şahri 1998 yilda ötkaziladigan qişki olimpiya öyinlarini ötkaziş uçun nomzodini ilgari suradi.

Öşanda bu şahar ğolib böladi va uning yutib çiqişida garçi işlari unça silliq ketmayotgan bölsa-da, Yosiaki Tsutsumining roli katta böladi. Milliarder reklama, yana şahardagi sport maydonlarini şay holga keltiriş uçun ança mablağ sarflaydi.
2002 yilda Tokio politsiyasi Yosiaki Tsutsumi bir qator qonunbuziliş holatlarini sodir etganini aniqlaydi. Jumladan, u Tokio fond birjasida iştirok etiş uçun hujjatlarni soxtalaştirganlikda ayblanadi. Iş sudga oşadi.
Şundan söng milliarderning boşqa noqonuniy işlari çiqib kela boşlaydi va ular böyiça ham politsiya suriştiruvlar ötkazadi. Garçi noqonuniy işlarda korporatsiyaning bir qança xodimlari iştirok etgan bölsa-da, sud Yosiakini asosiy taşkilotçi deb topadi.
2005 yil 17 yanvar kuni AQŞning The Wall Street Journal naşri Yosiaki Tsutsumi va uning Seibu korporatsiyasidagi faoliyati böyiça politsiya suriştiruv ötkazayotgani haqida xabar tarqatadi.
Unda yozilişiça, politsiya korporatsiya ştab-kvartirasida tintuv ötkazgan va Yaponiya qonunçiligi buzilgan holatlar böyiça dalillar topgan.
2005 yil 3 mart kuni milliarder politsiya tomonidan hibsga olinadi. Unga Tokio fond birjasida iştirok etişda qonunlarni çetlab ötiş va qimmatli qoğozlar töğrisidagi qonunlarni buzganlik ayblovlari qöyiladi.

Yosiaki hibsga olingan vaqtdan boşlab korporatsiya rahbarligini avtomatik tarzda böşatib qöyadi. Biroq uning ixtiyorida korporatsiyaning ançagina aksiyalari bor edi.
Tergov jarayoni bir neça oy davom etadi va 2005 yil 27 oktyabr kuni Tokio okrug sudi Yosiaki Tsutsumiga nisbatan oçilgan jinoyat işi böyiça hukm çiqaradi.
Avvaliga unga 30 oy qamoq jazosi beriladi, söng bu jazo tört yillik şartli qamoq jazosiga almaştiriladi va Yosiaki ozodlikda qoladi. Şuningdek, unga 5 mln iyena miqdorida jarima tayinlanadi.
Yosiakiga berilgan şartli qamoq jazosi 2009 yil oktyabrda tugaydi va öşa paytda u Seibu Holdings korporatsiyasining yirik hissadori bölib qolaveradi.
Bankrot bölgan va izsiz yöqolgan milliarder
Yosiaki Tsutsumi hali şartli qamoq jazo ötayotgan paytida, 2007 yilda uning mablaği mlrd dollardan ham kamayadi va u dunyo boylari röyxatidan çiqib ketadi.
2016 yilda Yosiaki Tsutsumi özida bölgan aksiyalarni Seibu Holdings korporatsiyasiga sotmoqçi böladi. Biroq korporatsiyaning yangi rahbarlari uni sudga berişadi.

Bir neça oydan söng tomonlar kelişuvga erişadi. Yosiaki özida bölgan aksiyalarni sotadi va tuşgan puldan 223 mln dollarni yetkazgan zarar uçun korporatsiyaga tovon puli sifatida tölab beradi. Undan ortgan mablağ özida qoladi.
Öşandan keyin Yosiaki Tsutsumi haqida heç qayerda heç qanday xabarlar çiqmaydi. Ayrim ma’lumotlarga köra u hozir 91 yoşda va omma nazariga tuşmasdan yaşab kelmoqda.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, boylikni ham saqlaş oson emas. Noqonuniy işlar esa bir kun oşkor böladi. Bir paytlar sakkiz yil davomida dunyoning eng boy odami bölgan va keyinçalik pullarining asosiy qismini yöqotgan Yosiaki Tsutsumining taqdiri bunga misol böla oladi.







