Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC yangiliklar soni jonli efirdagi kutilmagan voqea sabab mashhur bo‘lib ketdi
BBC yangiliklar soni jonli efirdagi kutilmagan voqea sabab mashhur bo‘lib ketdi.
Professor Robert Kellining orqasida bola ko‘ringan vaqtda u videoaloqa orqali Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyatga izoh berayotgandi. Boshlovchi kutilmagan "mehmon" haqida professorga aytganida u ortiga qaramagan holda qizchani kadrdan chetlatishga urindi.
Shundan so‘ng xonaga bolalar aravachasida yana bir bola, uning ketidan esa ayol kishi yugurib kirdi. Ular bir necha soniya bir-birlarining ketidan quvib, xonani tark etishdi. Boshlovchi va sharhlovchi tabassumlarini tiyib tura olishmadi.
BBC jurnalisti Juliya Makfarlan mazkur videoni Twitter'ga joyladi. Uning hamkasbi Elli Prays bu video shu kuni televizorda ko‘rgan eng yaxshi videosi ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:22 / 15.11.2025
Tramp BBC'dan 5 mlrd dollargacha to‘lov undirishni rejalashtirmoqda
13:59 / 14.11.2025
BBC Trampdan uzr so‘radi, ammo kompensatsiya to‘lashni rad etdi
00:22 / 10.11.2025
BBC bosh direktori Trampning nutqi soxtalashtirilgani tufayli iste’foga chiqdi
19:05 / 21.10.2025