Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda kichik halqa yo‘li quriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi «Ark» qo‘rg‘oni majmuasida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, prezident Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab olgan kichik halqa yo‘lini bunyod etish, yo‘laklarga marmar va ishlov berilgan toshlar yotqizish, bino va yo‘llarning yoritish tizimini zamonaviylashtirish haqida ko‘rsatma berdi.
Shuningdek, mehmonxona va inshootlar qurish, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt va gullar ekish, mahalliy va chet ellik investorlar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Shavkat Mirziyoyev madaniy meros obektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.
Buxoro viloyatida 660 madaniy meros obekti mavjud. Ularning aksariyatini arxeologik obektlar, monumental san'at asarlari, arxitektura yodgorliklari tashkil etadi.
Prezidentimiz ushbu madaniy meros obektlari xalqimizning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning burchimiz ekanini ta'kidladi.
Madaniy meros obektlarini saqlash va ta'mirlash yuzasidan soha mutaxassislari va usta-quruvchilarga zarur ko‘rsatmalar berilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026