Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda homiladorlik va tug‘uruq ta'tili ikki barobardan ko‘proqqa uzayadi
Hindiston parlamentining quyi palatasi (Lok sabxa) homiladorlik va tug‘uruq ta'tilini 12 haftadan 26 haftagacha uzaytirish haqida qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqida 10-mart kuni Hindu nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qonun loyihasi kuni kecha qabul qilingan. Yuqori palata (Raja sabxa) uni bir necha oy avval qo‘llab-quvvatlagan. U prezident Pranab Kumar Mukerji tomonidan tasdiqlanganidan keyin qonunga aylanadi.
26 haftalik (182 kun) homiladorlik va tug‘uruq ta'tili 10 kishidan ortiq shtatga ega tashkilotlarda ishlovchi va farzandi ikkitadan ko‘p bo‘lmagan ayollarga taalluqlidir. Agar kutilayotgan bola ayolning uchinchi farzandi bo‘lsa, u holda unga avvalgi, 12 haftalik ta'til beriladi.
Qonun boshqa nizomlarni ham kiritmoqda: 50 kishidan ortiq shtatga ega tashkilotlar bolalar xonalarini tashkillashtirishlari kerak bo‘ladi.
Jahon mehnat tashkiloti (JMT) standartlariga ko‘ra, ayollarning homiladorlik va tug‘uruq ta'tili 14 haftadan kam bo‘lmasligi kerakligi qayd qilingan, shu bilan birga bu muddatning kamida 18 hafta bo‘lishi tavsiya etiladi. Hindistonning 12 haftalik me'yori JMTning avvalgi standartiga muvofiq kelardi, lekin 2000 yilda uning muddati uzaytirildi. Yangi qonun tufayli Hindiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026