Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Ligada 2-tur o‘yinlari yakunlandi. Bugungi o‘yinlar va turnir jadvali
Bugun, 10 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2 turi doirasida yana 3ta uchrashuv o‘tkazildi va tur o‘yinlari yakunlab berildi.
Toshkent shahrining «Obod» jamoasi o‘z maydonida Farg‘ona viloyatining «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Avvaliga qo‘qonliklar jamoasi legioneri Filip Rayyevats hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Navro‘zbek Xaipov mezbonlarning javob golini kiritdi.
Shuningdek, «Mash'al» Muborakda «Metallurg»ni qabul qildi va muhim g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona gol Zohir Qo‘ziboyev tomonidan 50 daqiqada kiritildi.
Navoiyda esa mahalliy «Qizilqum» Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda 2:1 hisobidagi mezbonlar g‘alabasi qayd etildi.
O‘zbekiston Oliy ligasi
2-tur
10 mart, juma
«Obod» — «Qo‘qon—1912» 1:1
Gollar: Filip Rayevats, 16 (0:1). Navro‘z Xaipov, 62 (1:1).
«Mash'al» — «Metallurg» 1:0
Gol: Zohir Qo‘ziboyev, 50 (1:0).
«Qizilqum» — «Navbahor» 2:1
Gollar: Azamat Allaniyozov, 6 (1:0). Mansur Saidov, 26 (1:1). Ilhom Yunusov, 76 (2:1).

Mavzuga oid
21:35 / 18.02.2026
«Qizilqum U19» futbol klubi bosh murabbiyi pora olayotganda ushlandi
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
17:57 / 31.10.2025
«Nasaf» muxlislari Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchradi
23:58 / 06.07.2025