Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olovli chiptalar: Yangi film premerasi King-Kongning 5 metrli haykali yonishi bilan tugadi
10-mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida "Kong: bosh suyak oroli" filmi premerasida tadbir uchun maxsus qurilgan ulkan gorilla haykali yonib ketdi. AFP shu haqidagi xabar va video bilan bo‘lishdi.
Mahalliy mashhurlar va partiya amaldorlari tashrif buyurgan kartina premerasi savdo markazi yaqinida uyushtirilgan edi. Boshlovchi nutq so‘zlayotgan paytda uning orqasidagi dekoratsiyalardan biri - King-Kong bir qo‘li bilan ushlab turgan tog‘ yona boshladi. Agentlikda ta'kidlanishicha, dastlab mehmonlar buni shouning bir qismi sifatida qabul qilishgan, biroq bir necha daqiqadan keyin maymunning 5 metrli haykali butkul olov og‘ushida qolgan.
King-Kongning yonayotgan haykali shou emasligini tushuna boshlagan tomoshabinlar vahimaga tusha boshlashdi. Savdo markazi xodimlari o‘t o‘chiruvchilarni chaqirishdi. AFP ma'lumotiga ko‘ra, premeraga kelganlar orasida hech kim jabrlanmagan.
OAV yong‘in sababi tog‘ dekoratsiyasida bo‘lganini taxmin qildi. Biroq savdo markazi matbuot xizmatining izohlashicha, bu mash'al bilan raqsga tushayotgan raqqosning xatosi bo‘lgan - u tasodifan King-Kong haykalini yoqib yuborgan.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026