Jahon | 11:37 / 10.03.2017
15896
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati «Siniy kit» kabi o‘yinlar mualliflariga qarshi qonun loyihasini ma'qulladi

RF hukumati Davlat dumasi spiker o‘rinbosari Irina Yarovaning qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Yarova voyaga yetmaganlarni o‘z joniga xavf soluvchi harakatlarni sodir etishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish, ularni o‘z joniga suiqasd qilishgacha olib borganlik uchun jazo choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu hujjat ma'qullanganiga doir axborot Rossiya hukumatining saytida e'lon qilindi. 

Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksining moddalariga tuzatishlar kiritish ko‘zda tutilgan. Unga binoan, qaysi jinoyatlarni Rossiya Tergov qo‘mitasi olib borishiga aniqlik kiritiladi. 

Hozirda, Rossiyadagi "Axborotlar, axborot texnologiyalari haqida va axborotlarni himoya qilish to‘g‘risida"gi federal qonunga binoan mamlakat hududida o‘z joniga suiqasd qilish va o‘zini qanday qilib o‘ldirish mumkinligiga doir ma'lumotlarni tarqatish taqiqlanadi. 

So‘nggi vaqtlarda, ijtimoiy tarmoqlarda «o‘lim guruhlari» deb atalayotganlar tomonidan tarqatilayotgan virtual o‘yinlar ommalashmoqda. Bu kabi o‘yinlar bolalar, ayniqsa voyaga yetmaganlarga ruhiy ta'sir o‘tkazib, ularni o‘z joniga qasd qilishga olib boradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid