«Bizda shunday imkoniyat bor. Hammasi transport infratuzilmasiga bog‘liq. Bizning tomonimizda, Qozog‘iston tomonida buning uchun hamma narsa tayyor. Hozir, bilishimcha, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston bilan mustaqil muzokaralar olib bormoqda. Biz tranzit mamlakat sifatida (qo‘shimcha tranzit hajmini) ta’minlashga tayyormiz», dedi Akkenjyenov.
Uning eslatishicha, o‘tgan yili Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti 4 milliard kub metrdan, Qirg‘izistonga esa 500 million kub metrdan oshgan.
Akkenjyenovning qo‘shimcha qilishicha, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga tranzitni 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
«Mening bilishimcha, gap 11 milliardgacha, ya’ni juda katta miqdorgacha oshirish haqida ketmoqda. Bu men eshitgan narsa, menda tasdiqlangan ma’lumot yo‘q, chunki O‘zbekiston va Rossiya tomonlari muzokaralar olib bormoqda», dedi vazir.
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
23:53 / 10.06.20263 2191 min
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti bo‘yicha qo‘shimcha hajmlarni ta’minlashga tayyor, tomonlar ta’minotni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishmoqda, dedi Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov.











