Qonunga muvofiq, Rossiya manfaatlariga qarşi deb baholanişi mumkin bölgan ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça çet elda yaşayotgan fuqarolarning mol-mulkiga xatlov qöyilişi mumkin.
Hujjatda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning öndan ortiq moddalari nazarda tutilgan. Ular qatorida “xorijiy agent” faoliyati tartibini buziş, ekstremistik materiallarni tarqatiş, ommaviy axborot vositalari orqali yolğon ma’lumot tarqatiş, “noxuş taşkilotlar” faoliyatida iştirok etiş, Rossiya armiyasini “obrösizlantiriş” kabi moddalar bor.
Qonunga köra, mol-mulkni xatlaş ma’muriy jarimani ta’minlaş çorasi sifatida qöllanişi mumkin. Bunda xatlanayotgan mol-mulk qiymati jarima miqdori bilan çeklanmaydi.
Şuningdek, mol-mulkka nisbatan xatlov yakuniy sud qarori çiqmasidan oldin ham qöyilişi mumkin. Sudya tegişli iltimosnomani röyxatga olinganidan keyingi kundan keçiktirmay körib çiqişi lozim. Bu jarayonda mol-mulk egasini oldindan xabardor qiliş talab etilmaydi.
Mazkur çora mol-mulkni tasarruf etiş huquqini çeklaşni anglatadi. Ya’ni mulk egasi uni sotiş, hadya qiliş yoki boşqa şaxs nomiga rasmiylaştiriş imkoniyatidan mahrum böladi.
Qonun 2026 yil 1 sentabrdan rasman kuçga kiradi.
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanişi mumkin
19:20 / 11.06.20263 3562 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkini muayyan ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça iş yuritilayotgan vaqtda xatlaş imkonini beruvçi qonunni imzoladi. Yangi tartib 2026 yil 1 sentabrdan kuçga kiradi.

















