Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona"ning "PSJ" darvozasiga urgan 6-golining nishonlanishi kichik zilzilaga sabab bo‘ldi
Chempionlar Ligasining 1/8 final bahsining "Barselona" va "PSJ" klublari o‘rtasidagi javob uchrashuvi so‘ngida katalon klubi o‘yinchisi Serxi Roberto urgan golning muxlislar tomonidan nishonlanishi kichik zilzila keltirib chiqardi. Bu haqda "Sport Ekspress" nashri xabar bermoqda.
Tarixga kirgan uchrashuv o‘tgan "Kamp Nou" stadioni yonida Jaume Almera nomidagi geologiya instituti joylashgan. Aynan uning xodimlari zilzilani seysmograflarda qayd qilishgan.
Seysmologlardan biri Jordi Dias "Barsa"ning 2- va 3-gollarining jo‘shqin nishonlanishi oqibatlari ham seysmograflarda qayd qilinganini ta'kidlab o‘tdi. "Uchrashuv deyarli yakunlanganda barchasi keskin o‘zgardi. 6-gol institut tomonidan qayd qilingan bu turdagi eng kuchli zilzilaga olib kelgan", deb aytdi olim.
Diasning aytishicha, "Barsa"ning keyingi gollari muxlislar tomonidan nisbatan osoyishta qabul qilingan va seysmograflarda iz qoldirmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Parijdagi 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin, o‘z maydonida 6:1 hisobidagi g‘alabaga erisha oldi. Aynan Serxi Robertoning uchrashuvning 95-daqiqasida urgan goli "Barsa"ni musobaqaning chorak finaliga olib chiqdi.
Mavzuga oid
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026