Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev tutzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘zining saylovoldi dasturida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Buxoro viloyatini ham rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.
Yerdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda yetishtirilgan ipak tolasiga dunyo bozorida talab yuqori. Davlat rahbari mazkur sohani yanada rivojlantirish, tutzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilayotgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tarkibiy tuzilmasi bilan ham tanishdi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026