Yaponiyalik olimlar gulni mitti dron yordamida changlata olishdi
Yaponiyalik olimlar birinchi marta gulni mexanik qurilma yordamida changlata oldilar. Ari o‘rniga bu ishni ion gel bilan qoplangan mitti dron bajardi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Tadqiqot muallifi, Yaponiyadagi ilg‘or sanoat fan va texnologiyasi milliy instituti xodimi Ijiro Miyakoning Chem jurnaliga so‘zlab berishicha, bunday tajriba dunyoda birinchi marta o‘tkazildi.
Changlashda bosh rolni dron emas, balki u qoplangan ion gel bajaradi. Miyako bu modda bilan 10 yil avvaloq tajribalar o‘tkazgan, biroq uning amaliy tatbig‘ini topa olmay, chetga surib qo‘ygandi.
Ushbu gelning o‘ziga xosligi shundaki, u atrof-muhit bilan ta'sirlashganda va hattoki ekstremal sharoitlarda, misol uchun duxovkada qizdirilganda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
Dronga mahkamlangan yung tasmasiga shu geldan surtib, gulchangni tashib yuruvchi hasharotlar panjasi imitatsiya qilindi. Olimlar tajribaviy yo‘l bilan gulga mini-dronni o‘tkazib, undagi gulchangni ushlab, boshqa o‘simlikka tashishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mualliflarning aytishicha, bunday robotlar hozirda butun sayyoramiz arilar kamayib ketgani sababli duch kelingan changlash inqirozi deb ataluvchi holat bilan kurashda yordam berishi mumkin.
Olimning ta'kidlashicha, u o‘z ishida qolgan olimlar yaratmoqchi bo‘layotgan mexanik arini yaratishga emas, aynan changlash jarayoniga e'tiborini qaratgan.
Miyakoning aytishicha, ayni vaqtda dronlar yordamida amalda changlashni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki dronlar o‘lchamlari sababli faqatgina katta gullarga qo‘na oladi va odamlar tomondan boshqariladi. Biroq olim kelajakda "sun'iy ongning ba'zi shakllari va GPS tizimi o‘zi mustaqil ishlovchi shunday dronlarni yaratishda yordam berishiga" ishonch bildirdi.

Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 22:43
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
Mavzuga oid

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025